21 iyul kuni “CAFA U-15 championship” musobaqasi oldidan matbuot anjumani o‘tkaziladi

  • 18 iyul, 2018, 11:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse Prezidenti va Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan joriy yilning 22-30 iyul kunlari poytaxtimiz yana bir nufuzli mintaqa chempionatiga mezbonlik qilishi haqida xabar berib o‘tgan edik.
 
“CAFA U-15 championship” musobaqasida O‘zbekiston, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkmaniston, Eron va Qirg‘izistonning 15 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalari ishtirok etishadi.
 
21 iyul kuni soat 11:00da “Milliy” stadioni matbuot anjumanlari zalida musobaqa oldidan terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchi davlatlar terma jamoalari ustozlari o‘zlarining musobaqa oldidan fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashadi. Barcha turdagi OAV vakillarini matbuot anjumaniga taklif etamiz.
 
Ta’kidlab o‘tamiz, “CAFA U-15 championship” musobaqasidan o‘rin olgan uchrashuvlar poytaxtimizdagi "Milliy", "Lokomotiv" va "Paxtakor" stadionlarida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!