
21-asrda Angliyaning eng zo‘r futbolchisi nomi aniq bo‘ldi
Goal nashri ekspertlari XXI asrda Angliya terma jamoasining eng yaxshi futbolchilari TOP-15 taligini tuzib chiqishdi.
Birinchi o‘rin hozirda Angliyaning “Plimut” klubini murabbiy sifatida boshqarayotgan Ueyn Runiga berildi. Ikkinchi joyga “Inter Mayami” egasi Devid Bekxem loyiq deb topildi. Uchtalikni “Bavariya” hujumchisi, amaldagi terma jamoa sardori Harri Keyn yopib berdi.
TOP-15 talikga Stiven Jerrard, Eshli Koul, Maykl Ouen, Rio Ferdinand, Pol Skoulz, Frank Lempard, Rahim Sterling, Jon Terri, Jo Koul, Bukayo Saka, Garri Nevill va Jordan Pikford kabi charm to‘p ustalari kiritildi.
Fikrlar