2026 yilgi Jahon chempionati reglamenti qay ko‘rinishda bo‘ladi?

  • 14 mart, 2023, 17:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA AQSh, Meksika va Kanada yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionatining ehtimoliy reglamentini ishlab chiqdi. Biroq hozircha bu rasman tasdiqlanmadi. 

Tecno

Reglamentga ko‘ra, 48 ta terma 4 ga bo‘lingan holda 12 ta guruhni tashkil qiladi. 3 talik 16 ta guruh bo‘lish varianti inkor etiladi. 

Yangi reglamentga ko‘ra, 80 ta o‘yin o‘tkazilmaydi. Bahslar soni 104 tadan iborat bo‘ladi. Birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan termalar va 8 ta eng yaxshi 3-o‘rin egasi pley-off bosqichiga yo‘l oladi. 

Finalga chiqqan jamoalar 7 ta emas, 8 ta uchrashuv o‘tkazadi. Shuningdek, final 19 iyul sanasida AQShda o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!