2022 yilning eng yaxshi hakami faoliyatini yakunladi

  • 30 iyun, 2023, 15:02
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Sobiq FIFA referisi, faoliyati davomida yorqin va ijobiy xotiralar qoldirgan taniqli hakamimiz Vadim Agishev Superliga 8-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Andijon” uchrashuvidan so‘ng hakamlik karerasini yakunladi. 45 yoshni qarshilash arafasida turgan mutaxassisga o‘yindan so‘ng ikkala jamoa tomonidan hurmat bajo keltirildi va unga to‘n kiydirildi.

Tecno

Ahamiyatli jihati shundaki, Agishev Superliga o‘yinlarida ishlash soni bo‘yicha faoliyatini davom ettirayotgan hakamlar orasida rekordchi sifatida faoliyatini yakunlamoqda. Uning hisobida O‘zbekiston Oliy chempionatida o‘tkazilgan 162 ta uchrashuv mavjud. Unga eng yaqin ta’qibchi Ilgiz Tantashevning hisobida esa 155 ta Oliy Liga bahsi bor.

Ma’lumot uchun, Vadim Agishev hakamlik faoliyatini 1999 yilning oktyabrida Ikkinchi ligada boshlagan. Oliy Liga (hozirgi Superliga)dagi debyuti esa 2007 yilga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, u 2009-13 yillar davomida FIFA referisi sifatida faoliyat olib borgan.

Agishev 2022 yilda O‘FA hamda O‘zPFL tomonidan o‘tkazilgan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida "2022 yilning eng yaxshi hakami" deb topilgandi.

agishev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ishoq Ruziev
30/06/2023 15:34
Malades Agishev