
2021 yilda "Barsa"da saylovlar! "Taxt" egasi yon bermoqchi emas
“Barselona” aqldan ozmoqda. Kiyim almashtirish xonasi guruhlarga bo‘lingan. Abidal jamoani ayblayapti, Messi Abidalga javob qaytaryapti, Bartomeu esa prezidentlikda qolish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qilyapti. Shunchaki saylov yaqinlashyapti.
“Barsa” – bu muxlislar chinakam kuchga ega bo‘lgan kam sonli jamoalardan biri. “Barselona” har 6 yilda prezidentlik saylovini o‘tkazadi. Unda socos (badal to‘laydigan, jamoaga tegishli bo‘lgan insonlar) prezidentlikka nomzodlarga ovoz berishadi.
2020 yil fevral holatiga ko‘ra “Barsa”da 150 ming socos (va yana kutish ro‘yxatida 10 ming) mavjud. Socos darajasi avloddan avlodga o‘tadi: agarda sizning qarindoshingiz jamoaga aloqador bo‘lsa, siz ham ovoz berishingiz mumkin. (Qiziq, Kataloniyada ko‘pchilik shu maqsadda turmush qurishadimi?) Agar qarindoshlaringiz bo‘lmasa, murojaat qilishingiz mumkin va siz maxsus maqomga ega bo‘lasiz. 3 yildan so‘ng esa socos maqomiga erishishingiz mumkin. Jamoaga a’zolik uchun yoshi kattalar yiliga 150 evro to‘lasa, bolalar 40dan 90 evrogacha to‘lashadi. (Bu yoshga qarab belgilanadi, tug‘ilgandanoq jamoaga a’zo bo‘lish mumkin. Ular yiliga 40 evro to‘lashadi)
Aslida saylovlar demokratik ratsional tarzda o‘tishi kerak, lekin u firibgarliklarga to‘la soya o‘yinlariga aylanadi.
Sadoqat uchun socoslar aqlbovar qilmas va tavakkalchilikka asoslangan qarorlar qabul qiladi. Ba’zilar jamoaning keyingi yillardagi taqdirini ham belgilashlari mumkin. 2013 yilda prezident Sandro Rosel bor kuchini sarfladi va 57 mln evroga Neymarni sotib oldi. Darhol ayon bo‘ldiki, tarixiy transfer uchun Rosel 100 mln sarflagan va bu shov-shuvli muvaffaqiyat muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Kataloniya prokuraturasi firibgarlik bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi va Sandro Rosel ketishga majbur bo‘ldi.
Saylovoldi aqlsizliklarda nafaqat nomzodlar, balki saylovchilar ham aybdor. Ularning aksariyat qismi an’anaviy qadriyatlarga qiziqishadi (Kroyf, total futbol, Xavi, tarbiyalanuvchilar, Gvardiola), ba’zilarni esa faqat natijalar qiziqtiradi (va bunga qanday erishish muhim emas).
Socosning mantiqsizligini tushunish uchun oxirgi saylovni eslash kifoya. 2014 yil yanvarda Rosel iste’foga chiqdi va uning o‘rnini vitse-prezident Bartomeu egalladi. Bir yarim yil davomida Jozep foydali biror ish qilmadi. Shuning uchun ham uning qayta saylanish imkoniyati yo‘qdek tuyuldi. Ammo 2015 yil bahorida Neymar jamoaga moslashdi. Janubiy amerikalik trio buyuk hujum uchligini tashkil qildi va “Barsa” treblga erishdi. Bartomeuning obro‘yi oshib ketdi (o‘sha mavsumdagi muvaffaqiyat faqat uning xizmati bilan bo‘lmagan bo‘lsa-da). Paradoks: Roselning haydalishiga sabab bo‘lgan futbolchi Bartomeuning saylovda g‘olib chiqishiga yordam berdi.
Hozircha Viktor Font 2021 yilgi saylov uchun favorit hisoblanadi. U tarbiyalanuvchilarni ortga qaytarishga va “Barsa”ni Messisiz futbolga tayyorlashga va’da beryapti.
Saylov 2021 yil iyun oyida bo‘lib o‘tadi. Hozir Bartomeuning reytingi nolga teng. Uning qo‘l ostida “Barsa”ning moliyaviy ahvoli dahshatli ko‘rinish oldi (yillik daromadi mlrd dollardan oshgan birinchi klub), lekin muxlislar Valverde borasidagi omadsizlik, chempionlar ligasidagi nochor ahvol, g‘alati transferlar va La Masiyaning pasayishini yodga oladi.
Bartomeu boshqa sabab bilan ham prezident bo‘lolmaydi. Gap shundaki, “Barselona” nizomida aniq qilib yozilgan: prezidentlik lavozimida 2 muddatdan ortiq qolish mumkin emas. Jamoa bu qoidaga amal qiladi. Shuning uchun Bartomeu o‘z odamlaridan birini saylanishini xohlayapti. Ispan OAVi xabariga ko‘ra, merosxo‘r roliga ikki nomzod – Oriol Tomas va Emili Rusandlar bor.
50 yoshli Tomas – Barselona Iqtisodiyot Universitetini tamomlagan va biznes sohasida magistrlik darajasi va xalqaro kompaniyalarda ulkan tajribaga ega. Tomas Ispaniyadagi Nike Football bosh direktori, Danone marketing menejeri, Proster & Gamblening iqtisodiy tahlilchisi hisoblanadi. 2015 yildan esa “Barselona” direktorlar kengashida faoliyat olib bormoqda.
Rusand ham deyarli shunday, ammo ustun taraflari mavjud: yoshi katta, Kataloniya kompaniyalarini boshqargan (Factorenergia asoschisi va bosh direktori) 2020 yildan esa “Barselona” vitse-prezidenti. Kataloniya nashrlari yozishicha, Bartomeu aynan uning nomzodini ilgari surmoqchi. Uni keng jamoatchilikka tanitish uchun ham vitse-prezident lavozimiga ko‘tarishgan degan gaplar ham yo‘q emas.
Prezidentlik sayloviga nomzodini ko‘rsatish uchun kamida 2534 ta imzo to‘plash va jamoa byudjetining 15% ini (2015 yilgi saylovlarda 77 mln evro atrofida edi) to‘ldirish kerak. Ko‘pchilik bu to‘siqni engib o‘tolmaydi. Masalan, 2015 yilgi saylovda 7 nafar nomzoddan bittasi etarlicha imzo to‘play olmagandi (16 ta imzo etmagan). Yana byudjetni to‘ldirishga ham puli etmagan. 2020-yil fevral oyida faqatgina Viktor Fond o‘z nomzodini qo‘ydi. U kataloniyalik tadbirkor Delta Partners Group konsalting kompaniyasi bosh direktori va Diari Ara gazetasi rahbari hisoblanadi.
Font ilk bor Barselonaga 2009 yilda yaqinlasha boshlagan edi, o‘shanda u Mark Inglning nomzodlik shtabida ishlardi. Font saylov jarayonlarini yaqindan ko‘rdi. "Barsa"ning ichki tuzilishini tahlil qildi va uni ko‘p narsa qanoatlantirmayotganligini sezdi. "Men "Barsa"ni qanday odamlar boshqarmoqchi ekanligi va ularning qanday g‘oyalari borligini ko‘rdim. Men vaziyatni o‘zgartirish uchun ishlay boshladim".
2019 yil yozida Fond o‘z ichiga o‘nlab islohotlarni qamrab olgan "Si Al Futur" (katalonchasiga "Kelajakka "ha" de") kontseptsiyasini taqdim etdi. Fond "Barsa"ga futbolchilarning imidj huquqlarini qaytarishga vada berdi (hozirda u uchinchi shaxslarga tegishli).
Socoslar huquqini kengaytirish va daromadni oshirish borasida aytib o‘tdi. 2015 yilda men jamoada nimanidir o‘zgartirish kerakligini, aks holda 2025 yilga borib inqirozga uchrashini aytgan edim. "Barselona" yangi "Milan" bo‘lishga intilayotgani buyuk tarixga ega. Ammo grand jamoalar bilan raqobatlasha olmaydi", - dedi Font.
Yana u "Barselona"ga maydonga tarbiyalanuvchilarni, rahbariyatga esa afsonalarni olib kelishni maqsad qildi. Fontning ustun taraflaridan biri "Barselona"ning sobiq futbolchilari Puyol va Xavi u tomonda ekanligi, aynan ushbu futbolchilar agarda Viktor Font g‘alaba qozonsa, Barselonaga qaytishga vada berganligi. Font "Barselona"ning bu sobiq futbolchilari bilan bir necha yil oldin tanishgan. Ular uchalasi birgalikda Optima Sport Systems startapida birga ishlashgan. Bu programmaning maqsadi futbolchilarning taktik va texnik jihatdan rivojlanishiga yordam berish edi. Jozep Bartomeu tushunib turibdiki, yonidagi raqibi Font judayam kuchli. Shuning uchun uning ilgari surayotgan nomzodi Font bilan birgalikda raqobat qila olmaydi. Lekin har doim variant bor. 2015 yilgi mavsum finali Messi trebl qayd etadi va muxlislar Fondning ulug‘ maqsadlarini unutishadi hamda hammasi yana o‘z iziga qaytib, Bartomeu tomonga og‘ib ketishi mumkin. Lekin hozirgi vaziyatda esa hattoki prezidentning o‘zi ham "Barselona"ning bunday yutuqlarga erishishiga ishonmayapti.
Abidal shunchaki yolg‘on gapirmadi, muxlislarning sevimli futbolchisi sha’niga noto‘g‘ri gaplar ishlatdi. Endi uni ko‘pchilik yomon ko‘radi. Undan tashqari, qishgi transferdagi omadsizliklardan keyin ham Abidalning hamon klubda ishlayotgani hayratlanarli.
Jozep Fontning g‘oyasini o‘g‘irlashga urindi. “Barsa”ning bir qancha sobiq yulduzlarini jamoaga olib keldi: Viktor Valdes “Xuvenil A” jamoasiga murabbiy bo‘ldi (bir necha oydan so‘ng, rahbariyat bilan tortishib qolib, ishdan ketdi), keyin esa Patrik Klyuyvert La Masiyaning sport direktori etib tayinlandi.
2019 yil yozida Puyolga ikki marta “Barsa” genmenejerligini taklif qildi. Ammo Puyol Fontga sodiq qoldi.
Yanvar oyida esa Bartomeuning jamoadagi ahvoli yomonlashdi. Endi esa Xavini bosh murabbiylik lavozimiga olib kelish ishtiyoqida yona boshladi. Xavining Font tarafida ekanligi xavotirga solmadi.
Balki, Bartomeu Xavining murabbiylik mahoratini ijobiy baholagandir. Lekin buning ostida ma’no bor edi, Xavi murabbiylikka olib kelinsa, saylovchilar hayron qolishadi va ashaddiy raqibi Font kuchsizlanadi.
Abidal va ijrochi direktor Oskar Grau Xavi bilan uch marta uchrashdi, ammo ispaniyalik murabbiy “Al-Sadd”da qolishga qaror qildi. Nashrlar xabariga ko‘ra, Abidal va Grau bu uchrashuv ijobiy yakunlanishiga ishonishgandi, ammo Xavining qarori ularni hayratga soldi.
Avvaliga, Xavi Fontga sodiqligi tufayli bu taklifni rad etgandek ko‘rindi, lekin fevral oyida yangi xabar chiqdi: Xavi Bartomeuga 8 ta shart qo‘ydi, ular orasida, Puyolni ortga qaytarish, akademiyani nazoratga olish kabi shartlar bor edi. Bartomeu esa bunga qo‘l siltagan va Xaviga rad javobini bergan. Xavi Font tarafda qoldi.
Bartomeu bosh murabbiy lavozimiga Kike Setenni olib keldi. U jamoa afsonasi emas, hatto, tarbiyalanuvchisi ham emas. Ammo uning idealogiyasi “Barsa”ga yaqin. To‘p nazoratiga ko‘proq e’tibor beradi, Kroyff uslubini qo‘llaydi va Messini hurmat qiladi. Muxlislar bir muddat tinchlanishdi. Agarda Seten muvaffaqiyatsizlikka uchrasa ham, Bartomeuda bahona bor: jamoaning eski o‘yin uslubini qaytarish maqsad edi.
Setenning shartnomasi ham saylovga bog‘liq. Nashrlar xabariga ko‘ra, Kike bilan 0,5+1+1 ko‘rinishdagi noodatiy shartnoma imzolangan. Keyinchalik, Bartomeu bunga oydinlik kiritdi: “Shartnoma 2,5 yilga mo‘ljallangan, ammo 2021 yilgi saylovdan so‘ng shartnoma bekor qilinishi mumkin.”
Trollar hujumida borasida: ular nafaqat futbolchilarga, balki, Viktor Fontga ham “hujum” qilishdi.
Fevral oyida feyk akkauntlar tomonidan uyushtirilgan nizolar Bartomeuga qora piar vazifasini o‘tadi. Gap shundaki, ular nafaqat futbolchilarga, balki, Viktor Fontga ham “hujum” qilishdi.
Marca I3 Venturesning hujjatlarini tekshirish huquqini qo‘lga kiritdi. Unda Fontga qarshi kompaniyaga oid bir qancha materiallar mavjud edi. Trollar Fontni noqulay vaziyatga soladigan savollar berishi mo‘ljallangan edi: “La Masiyani qanday o‘zgartirmoqchisiz?”, “Sizga qaysi ko‘proq yoqadi, Nunezmi yoki Laporta?”, “Sport bo‘yicha qanday tajribangiz bor?”
“Barselona” I3 Venturesbilan futbolchilar imidjini oshirish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Shu erda savol tug‘iladi, Bartomeu I3 Ventures orqali kimnidir tanqid qilishni maqsad qilganmi, yo‘qmi?
Tabiiyki, Bartomeu buni rad etadi. Lekin Mundo Deportivoning yozishicha, Bartomeu antipiar qilishga buyurtma bergan. Faqatgina saylovda raqiblariga pand berish uchun.
Catalunya Radio xabariga ko‘ra, direktorlar kengashining bir qancha a’zosi Bartomeuning iste’fosini xohlayapti, va saylovni oldinroq o‘tkazishni istashyapti. Font esa bu haqida gapirib o‘tdi: “Men bu voqeadan hayratlanmadim, balki, biz shikoyat qilarmiz. Bartomeu sharofati bilan “Barselona” inqirozga uchrayapti, shuning uchun saylovni oldinroq o‘tkazish zarur.”
Leo Bartomeuni qutqarib qolishi mumkin edi. Ammo futbolchilar hech qachon ochiqchasiga saylovlarga aralasha olmaydi.
Trollar bilan bog‘liq mojarolardan so‘ng, Bartomeuni Messi qutqarib qolishi mumkin edi.
ESPN nashri Messining darajasi borasida gapirganda quyidagi gapni aytib o‘tdi: Messi nimani xohlasa, shu bo‘ladi.
Bartomeu esa buni tushunib turibdi. Mojarolardan so‘ng, u darhol jamoaning faxriy futbolchilari bilan uchrashdi (Pike, Messi, Buskets, Serxi Roberto) va vaziyatni tushuntirdi. Pikening jahli chiqqan, Buskets ham jahli chiqqanini yashirmadi, Roberto sukut saqladi, Messi esa hammani kelishtirishga urindi.
“Bunday noodatiy vaziyatlar menga g‘ayritabiiy ko‘rinadi. Ular barcha isbot-dalillarni ko‘rsatishga va’da berishdi. Bu yolg‘onmi yoki haqiqat ekanligini bilish uchun kutib turishimiz shart. Lekin men uchun bu holat hayratlanarli tuyuldi” – dedi Messi Mundo Deportivoga bergan intervyusida.
Muammo shundaki, futbolchilar hech qachon saylovga aralasha olishmaydi. 2015 yilda Laporta Messidan uni qo‘llab-quvvatlashini so‘ragandi. Laportani saylovda g‘olib chiqishini istasa-da, Leo rad javobini bergandi. Hattoki, Bartomeuni yomon ko‘radigan Pike ham prezidentga qarshi chiqmayapti. Faqatgina kesatishlar bilan cheklanyapti.
Albatta, kesatishlar ham ba’zida kerakdek. Chempionlar Ligasi doirasida “Napoli”ga qarshi o‘yindagi durrang natijadan so‘ng Rakitich va Buskets rahbariyatni deyarli ochiqchasiga tanqid qildi.
Rakitich: “Jamoamizda o‘yinni kuchaytiradigan zahira futbolchilari kam. Bunga javob beradigan odamlarga ham bu narsa ayon.”
Buskets: “Tarkibimiz cheklangan. Biz o‘zimizni yangidan kashf etishimiz uchun yangi qon kerak.”
Shuning uchun Bartomeuning kelajagi ikkita faktorga bog‘liq: ichki muhitni yaxshilash va “Barsa”ning bu mavsumdagi natijalari.
Fikrlar