
2 nafar hakamimiz OFK VAR kursini muvaffaqiyatli yakunladi
Avval xabar berganimizdek, bir necha hakamlarimiz OFK tomonidan video assistent referilar uchun tashkil etilgan kursda tahsil olishgan edi. Bugun ushbu kurs yakunlari bo‘yicha vakillarimizning dastlabki natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Abdurashid Xudoyberganov hamda Firdavs Norsafarov VAR kursini muvaffaqiyatli yakunlashgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, OFK tomonidan yuborilgan xatda ushbu 2 arbitrimiz erishgan yutug‘i tufayli OChL 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan biriga tayinlanishi haqida ham qayd etib o‘tilgan.
Fikrlar