170 million evro xarajat - 0 ta gol

  • 23 dekabr, 2023, 19:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antoni hamda Rasmus Xoylund hamon Premer-liga joriy mavsumida gol urganicha yo‘q. 

"Manchester Yunayted"ning ikki hujumchisi "Vest Xem"ga qarshi (0:2) uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, samarali harakatlarni amalga oshira olmadi. 

Qolaversa, ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Markus Reshford APLning so‘nggi 13 uchrashuvida bitta gol urganini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Umuman olganda angliyalik chempionatning 17 bahsida 2 ta gol muallifiga aylangan. 

Bilasiz, Xoylund joriy transferlar oynasida 75 million evroga, Antoni esa o‘tgan yozda 95 million evro evaziga mankunialiklar safiga kelib qo‘shilgandi. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!