
17 yoshli futbolchi halok bo‘ldi
Portugaliyaning “Deshpertar” havaskor futbol klubi o‘yinchisi Jorje Saraiva baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘ldi. Bu haqida Record nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mudhish voqea Portugaliyaning Karkavelush plyajida ro‘y bergan. 17 yoshli futbolchi uch nafar do‘sti bilan cho‘milayotganida oqim ularni ochiq okeanga oqizib ketgan.
Voqea joyiga etib kelgan qutqaruvchilar yigitlarning uch nafarini qutqarib qolgan. Biroq Jorje Saraiva suvda qolib ketgan. Uning jasadi keyinroq topildi.
Tibbiyot xodimlari Jorjening yuragi urishdan to‘xtaganini qayd etdi.
“Deshpertar” klubi matbuot xizmati 17 yoshli futbolchining vafot etganini tasdiqlab, uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Fikrlar