17 yashar Yamal “qariya” Ronalduga tenglashib oldi

  • 16 may, 07:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

17 yoshli Lamin Yamalning supergoli “Barselona”ga Ispaniya chempionligini keltirdi.

Tecno

La Liganing 36-turida musobaqada peshqadamlik qilayotgan “Barselona” safarda “Espanol” mehmoni bo‘ldi. Lamin Yamal hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yinya kunlanishi arafasida Fermin Lopesning goli g‘alabani mustahkamladi – 2:0.

Statistika ekspertlari Yamalning La Liga chempionlik sovrinlarini jamg‘arishda mashhur yulduz Krishtianu Ronalduga tenglashib olganiga e’tibor qaratmoqda. Ayni paytda bu o‘yinchilar ikki martadan Ispaniya chempioni hisoblanadi.  

40 yoshli Ronaldu bu natijaga to‘qqiz yil davomida erishgan. Krishtianu 2011-2012 va 2016-2017 yillarda chempion bo‘lgan.

Lamin Yamal esa, 2022-2023 va 2024-2025 yilgi mavsumlarda La Liga g‘olibi bo‘ldi.

Ronaldu Ispaniya chempionati yuqori divizionida jami 292 ta uchrashuvda ishtirok etib, 311 ta gol va 95 ta assist muallifi bo‘lgan. La Ligada ikkinchi to‘liq mavsumini o‘tkazayotgan Lamin hozirgacha 70 ta o‘yinda 13 ta gol va 22 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
16/05/2025 14:18
Чожани кузда санаш.