13 yoshli futbolchi “Bavariya”da o‘ynaydi

  • 26 mart, 2022, 11:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” rahbariyati Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasi tarbiyalayotgan 13 yoshli futbolchi Mayk Uisdomning transferini ijobiy hal qildi, deb xabar tarqatdi Sky Germany nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, iste’dodli bolakay myunxenliklar klubiga kelayotgan yozda ko‘chib o‘tadi. Buning uchun “Bavariya” myonxengladbaxliklarga 300 ming evro miqdorida badal puli to‘laydi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Bavariya”ning selektsiya xizmati mutaxassislari Maykni bir yarim yil davomida kuzatib borgan va ular klub rahbariyatiga ijobiy xulosa berganidan so‘ng, bu transfer amalga oshirildi. Mutaxassislar bu o‘yinchida boshqalarga o‘xshamagan iste’dod bor deb hisoblamoqda.

Uisdom joriy mavsum oxiriga qadar “Borussiya U14” jamoasidagi faoliyatini davom ettiradi va mavsumni yakunlab, yangi klubiga borib qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!