13 ta gol urgan Yaxshiboev to‘purarlar kurashida nechanchi o‘rinda?

  • 29 oktabr, 2020, 14:01
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus Oliy ligasi 27-turi o‘z yakuniga etdi. Turnir jadvalida BATE klubi karvonboshilik qilmoqda. Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev harakat qilayotgan "Shaxtyor" Soligorsk jamoasi 1 ta kam o‘yinda maydonga tushgan holda, peshqadamdan 4 ochko ortda qolmoqda. Yana ikki legionerimiz Shahboz Umarov va Humoyunmirzo Iminov o‘ynaydigan "Energetik-BGU" 9-pog‘onani band etgan.

Tecno

Soligorsliklar vakili Jasur Yaxshiboev umumiy 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 13 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan. U to‘purarlar bahsida BATE klubi a’zosi Maksim Skavishdan keyingi o‘rinni egallab turibdi. Maksim 17 ta gol kiritgan.

photo_2020-10-29_13-34-05

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998915993686
29/10/2020 14:05
Olģa Jasur bir òyining ochilib pokermi fleshmi qilsang òtib ketasan hali.