
Superklub “Barsa”ning asosiy darvozabonini olib ketmoqchi
Germaniyaning eng qudratli klubi “Bavariya” asosiy darvozabon Manuel Noyerning yoshi kattaligini inobatga olib, boshqa kuchli golkiper olishga qaror qildi.
Myunxenliklar 38 yoshli Noyer o‘rniga “Barselona” darvozasini bir necha yildan beri barqaror qo‘riqlab kelayotgan Mark-Andre ter Shtegenni olib kelmoqchi.
Todofichajes portali “Barselona” germaniyalik golkiper katta maosh olayotgani bois, uning xizmatlaridan voz kechishga tayyorligini yozdi.
32 yoshli ter Shtegenning kataloniyaliklar bilan hamkorligi 2028 yilning 30 iyuniga qadar davom etishi belgilangan. “Bavariya” tajribali posbonni 28 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Fikrlar