
“Real” manchesterliklar yosh yulduzini nishonga oldi
“Real” yosh talantlarni o‘z safiga qo‘shish bo‘yicha strategiyasini davom ettirmoqda. Madridliklar yozda jamlaga “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kobbi Maynuni olib kelmoqchi.
Garchi yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish “Real” uchun ayni paytda dolzarb bo‘lmasa-da, 19 yoshli ingliz futbolchisining potentsiali uni kelajakdagi loyihalar uchun jozibali maqsadga aylantiradi.
Maynuning “Manchester Yunayted” taklif qilgan yangi shartnomani qabul qilmagani Madrid klubi uchun transfer bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin.
“Qirollik klubi”ning yoshlarga e’tibor qaratishi transfer siyosatining muhim yo‘nalishidir. Madridliklar so‘nggi yillarda sarmoya kiritib, Vinisius Junior, Rodrigo, Federiko Valverde va Eduardo Kamavinga singari o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan. Vaqt o‘tishi bilan ularning har biri qimmatbaho futbolchilar darajasiga ko‘tarildi.
Fikrlar