“Yuventus” ashaddiy raqibiga do‘stona rakirovka taklif qildi

  • 15 iyun, 2020, 15:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha Italiya kubogi yarim finalida “Milan”ni musobaqadan chiqarib yuborgan “Yuventus” ashaddiy raqibga darvozabonlarni almashish taklifini bildirdi.

Tecno

Unga ko‘ra, turinliklar Voytsex Shchesnini milanliklarga berib, Bufonning adashi bo‘lgan Donnarummani “Yuventus”ga olib kelmoqchi.

Italiya terma jamoasining asosiy posboni hisoblangan Janluiji Donnarummaning transferi 50 million evro turadi. Tabiiyki, turinliklar 30 yoshli Shchesniga tegishli miqdorda pul ham qo‘shib berishi kerak bo‘ladi.

“Milan” hozircha bu taklifga javob bergani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!