
"Liverpul" Aleksander Isak transferini e’lon qildi
"Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isak faoliyatini "Liverpul"da davom ettiradi. 25 yoshli Shvetsiya terma jamoasi forvardi mersisaydliklar bilan 2031-yilgacha shartnoma tuzdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Liverpul" transfer uchun 125 million funt to‘laydi, bonus va soliq to‘lovlar bilan bitim umumiy qiymati 130 million funtga etdi.
Shu tariqa, Isakning "Liverpul"ga o‘tishi Angliya futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Uning bitimi ilgari rekord hisoblangan Florian Virts uchun to‘langan 116 million evroni ortda qoldirdi.
O‘tgan mavsumda Isak APLda 34 o‘yinda maydonga tushib, 23 gol urdi va 6 golli uzatma berdi. Joriy mavsumda esa shved hujumchisi "Liverpul"ga sotilishi talablari ortidan hali birorta o‘yinda qatnashmagan.
Fikrlar