
Krishtianu Ronaldu: "O‘g‘lingiz uchun ham yutishingiz shart"
Og‘ir vaznda PFL chemrioni Frensis Ngannuning murabbiyi Erik Niksik Renan Ferreyra ustidan qozonilgan g‘alabada Krishtianu Ronalduning ham hissasi borligini aytdi.
"Jang oldidan Frensis bilan kiyinish xonasida edik. Birdan Krishtiano kirib kelib, biz bilan ko‘rishdi va Ngannuga "G‘alaba qozonishingizni juda xohlayman. Sizni yaxshi tushunaman, men ham siz kabi farzandimdan ayrilganman. Lekin aslo tushkinlikka tushmang. Bugun o‘g‘lingiz Kolbe uchun ham yutishingiz shart" degan so‘zlarni aytib o‘tdi. Ronaldu biz bilan shunday suhbat qurdiki, uni go‘yo jamoamiz a’zosidek his qildim", - dedi murabbiy "Give Me Sport" portaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 20 oktyabr kuni o‘tkazilgan PFL turnirida Frensis Ngannu 1-raundda Renan Ferreyrani nokautga uchratdi.
Fikrlar