
I xalqaro Toshkent yarim marafonida g‘oliblar aniqlandi
Poytaxtimizda I xalqaro Toshkent yarim marafoni o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Engil atletika federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkillashtirilgan marafonda dunyoning 28 davlatidan kelgan 1650 nafardan ortiq professional va havaskor atletlar 5 va 21 kilometr masofaga yugurdilar.
5 km masofaga o‘tkazilgan poygada samarqandlik Otabek Toshpo‘latov g‘olib bo‘ldi. Mazkur masofada o‘tkazilgan poygada ming nafardan ziyod ishtirokchi o‘z omadini sinab ko‘rdi.
Musobaqaning 21 kilometr masofaga o‘tgan bahslarda xitoylik Li Yang, qirgizistonlik Adilet Kishtabekov va hamyurtimiz Andrey Petrov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Qizlar o‘rtasida qirgizistonlik Darya Maslova, hamyurtlarimiz Sitora Xamidova hamda Ekaterina Tunkuzkova shoxsupaga ko‘tarildi.
Fikrlar