
Hokim tomonidan MMA va jangovar sambo klubiga asos solindi
O‘zbekistonda Otabek Umarov boshchiligida MMA assotsiatsiyasi tashkil qilinganidan so‘ng, ushbu sport turini rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish barobarida yoshlarning aralash jang san’atiga bo‘lgan qiziqishi jadal sur’atlarda oshib bormoqda. Mamlakatimizning chekka hududlarida ham bu borada samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Andijon viloyati Bo‘ston tumani (sobiq Bo‘z) hokimi Inomjon Mamadaliev tashabbusi bilan yosh sportchilar uchun MMA va jangovar samboga ixtisoslashgan “Bo‘ston bo‘rilari” sport klubiga asos solindi va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan sport zali foydalanish uchun topshirildi. Murabbiy Farrux Madaminov yoshlarga ushbu sport turlarining sir-asrorlarini o‘rgatishi ko‘zda tutilgan. Ertaga, mazkur klubning rasman ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar