
“Barsa” Levandovski tufayli etti jamoaga qarz bo‘lib qoldi
“Barselona” Robert Levandovskini transfer qilganidan beri polshalik hujumchining avvalgi jamoalari olishi kerak bo‘lgan ulushlarni to‘lamay kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
Sport.es saytining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar ayni paytda “Bavariya”dan 10,4 million evro qarz bo‘lib turibdi.
Bundan tashqari, “Barselona” belgilangan tartibda “Borussiya Dortmund”ga 78 ming, “Legiya”ga 50 ming, “Lex”ga 119 ming, “Delta”ga 33 ming, “Znich”ga 113 ming va “MKS” jamoasiga 169 ming evro to‘lab berishi kerak.
36 yoshli Robert Levandovski “Barselona”ga 2022 yilning yozida 45 million evro evaziga transfer qilingan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar