Angliya grandlari “Bavariya”ning eng zo‘r o‘yinchisini olib qo‘ymoqchi

  • 3 noyabr, 2024, 18:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya”ning eng iste’dodli o‘yinchilaridan Jamol Musiala faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniga ega.

Tecno

21 yoshli hujumkor futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Ayni paytda “Bavariya” mutasaddilari u bilan yangi bitim tuzishga harakat qilmoqda.

Caught Offside sayti tarqatayotgan so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, klub o‘z tarbiyalanuvchisini olib qolish uchun uning maoshini yiliga 25 million evrogacha ko‘tarishga tayyor.

Shunga qaramay, “Liverpul”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” kelasi yozda Musialani Angliya Premer-ligasiga olib ketishni  rejalashtirgan. Agar futbolchi klub bilan kelishuvga erisha olmasa, “Bavariya” yozda uni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!