
"Adidas" Naomi Osaka uchun 8,5 million AQSh dollari berishga tayyor
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka "Adidas" kompaniyasi bilan tuzilgan rekord darajadagi homiylik shartnomasini uzdi.
Germaniyaning "Adidas" kompaniyasi Osaka bilan yiliga 8,5 million AQSh dollari pul miqdorida yangi shartnomani imzolamoqchi edi. Biroq tennischi bu taklifni qabul qilmadi.
Hozirda Naomi "Nike" kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Biroq ular o‘rtasidagi shartnomaning shartlari e’lon qilinmadi.
Fikrlar