
“Real” va “Borussiya D” klublari "Manchester Siti" futbolchisi uchun kurash boshladi
Madridning “Real” va Dortmundning “Borussiya” klublari “Manchester Siti” yarim himoyachisi Braim Dias uchun kurash boshladi, deya xabar bermoqda The Guardian nashri.
Manbada yozilishicha, klublar ispaniyalik futbolchining mavsum yakuniga tarkibni qo‘shib olish yo‘llarini ko‘rib chiqmoqda. Bu vaqtda uning “shaharliklar” bilan tuzgan shartnomasi ham yakuniga etadi.
Ma’lum bo‘lishicha, ingliz klubi bir necha oy 19 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv imzolashga urinib ko‘rgan, biroq bundan natija chiqmagan.
Dias “Malaga” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ispaniyalik futbolchi “Manchester Siti” asosiy tarkibiga 2016 yilda o‘tgan.
Fikrlar