
“Andijanka”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Ayollar futbolida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan Andijonning “Andijanka” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
Bungacha bosh murabbiy lavozimida ishlab kelgan Orif Mamatkazin boshqa lavozimga o‘tgani munosabati bilan endilikda “Andijanka” ayollar jamoasiga Rahim Qodirov ustozlik qiladigan bo‘ldi.
O‘z vaqtida “Andijon” jamoasida mazmunli o‘yinlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan sobiq futbolchi Rahim Qodirov endilikda murabbiylik sohasida ish boshladi.
Bugun yangi murabbiy qo‘li ostida futbolchilar o‘z qarorgohida mashg‘ulotlarni olib bordi. Ma’lum muddat o‘tgach, bosh murabbiy tarkibda ayrim o‘zgarishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan.
Asosiy e’tibor mahalliy o‘yinchilarni shakllantirish va terma jamoaga munosib nomzodlarni etkazib berishga qaratiladi.
Fikrlar