"Zo‘r o‘yinlardan biri bo‘ladi, oldindan ochkolarni qo‘lga kiritib oldi, hozir esa o‘yini yo‘q" yoxud Superligada 13-tur boshlanyapti

  • 23 iyun, 2023, 01:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionatimizdagi tanaffus tugab, yana Superliganing rasmiy bahslari boshlanyapti.

Tecno

23-26 iyun kunlari chempionatimizning 13-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. An’anamizga muvofiq tur oldidan jamoalarning imkoniyatini baholaymiz.

Bu safar mutaxassis sifatida Jasur Abduraimov 13-tur oldidan o‘z munosabatini bildirdi.

23 iyun

“Buxoro” – “Andijon”

- Bilasiz, “Buxoro”ga yangi bosh murabbiy sifatida Ulug‘bek Baqoev kelgan. Tezkor qarshi hujum taktikasida o‘ynaydi. “Andijon” ham shunaqa. Ikkala jamoaning uslubi o‘xshash. To‘p bilan kamroq o‘ynashadi va tezkor qarshi hujumlarga o‘tadilar. Imkoniyatlar 50x50. O‘ylashimcha, ikkita bir xil taktikada o‘ynaydigan klublar kuch sinashishadi.

alijonov1_1

“Surxon” – “So‘g‘diyona”

- “Surxon” bu yil yoshlar bilan o‘ynayapti, qoyil. Murabbiylar shtabi ham yaxshi. Ular futbol o‘ynashga harakat qilishyapti. “So‘g‘diyona”ga yangi murabbiy kelgan, taktikani almashtirdi. Kim kamroq xato qilib, hujumda yaxshiroq o‘ynasa, bu unga qo‘l keladi. Ikkala jamoa ham hujumkor futbol o‘ynaydi.

24 iyun

“Turon” – “Qizilqum”

- “Turon” ham qiyin vaziyatda. Homiylar bilan bog‘liq yuz bergan vaziyat jamoaga ta’sir qiladi. Hozir nimadir aytishga qiyin. “Qizilqum” ham qiyin holatda. Har ikkala klubga ochko kerak. Ular qanaqa taktika bilan o‘ynaydi, bilmadim. O‘ylashimcha, ikkalasi ham himoyadan o‘ynaydi. “Turon”ga ham, “Qizilqum”ga ham hozir juda qiyin.

turon6_1

“Nasaf” – OKMK

- Markaziy o‘yin. “Nasaf” ochkolarni to‘plab boryapti. OKMKni ham tarkibi zo‘r. Ajoyib o‘yin bo‘ladi. Hujumkor futbol ko‘ramiz.

25 iyun

“Bunyodkor” – “Paxtakor”

- Bu uchrashuv ham turning markaziy o‘yini. O‘ylashimcha, bu bahsda “Paxtakor” yutishi kerak. Tarkibi yaxshiroq va hozirgi paytda “Paxtakor” ochkolarini qo‘lga kiritib kelyapti. O‘z o‘yinini ko‘rsatsa, yutadi. “Bunyodkor” oldindan ochkolarni qo‘lga kiritib oldi. Hozir esa o‘yini yo‘q, hech nima ko‘rinmayapti.

cheran_2

 “Neftchi” – “Navbahor”

- Eng zo‘r o‘yinlardan biri bo‘ladi. Ikkala jamoa ham o‘yin tashkil qilish bo‘yicha yaxshi. Taktik tomonlama ham ular ajoyib. Ayniqsa, Samvel Babayan jamoasi o‘yin tashkil qilishda yaxshi taassurot qoldiryapti. Kim taktik tomonlama zo‘r o‘ynasa o‘sha jamoa g‘alaba qozonadi.

26 iyun

“Olimpik” – “Metallurg”

- Nazarimda, “Olimpik” yutishi kerak. Ular futbol o‘ynayapti. “Metallurg”ga kelsak, avvaliga ispaniyalik murabbiy ishladi. Endi chernogoriyalik mutaxassis faoliyat olib boryapti. To‘g‘risini aytsam, qanaqa futbol o‘ynayotganini tushunmadim. Mayli, yutsa ham, yutqazsa ham qanday futbol o‘ynayotganiga tushunmadim.

Shuhratbek Jo‘raev.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!