
Zo‘r o‘yinchi ana shunday bo‘ladi. U birinchi uchrashuvdayoq rekord o‘rnatdi
“Bavariya” tarkibidan “Liverpul”ga ko‘chib o‘tgan Tyago Alkantara ilk o‘yindayoq qanday o‘yinchi ekanini hammaga isbotlab qo‘ydi.
“Chelsi” maydonida bo‘lgan va liverpulliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda ispaniyalik yarim himoyachi ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi. Bellashuvda Tyago jamoadoshlariga jami 75 ta aniq pas oshirdi. Bu ko‘rsatkich Angliya premer-ligasi uchun mutlaq rekord bo‘ldi. Hali hech kim aniq pas oshirishda bunday samaradorlikka erishmagan ekan.
Aniq paslar soni 2004-2005 yilgi mavsumdan hisob-kitob qilina boshlangan. Hozirgacha, hech bir futbolchi 45 daqiqa ichida buncha aniq pas uzata olmagan.
Fikrlar