
Zinchenko "Manchester Siti"ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
"Manchester Siti" klubining titul homiysi hisoblangan Etihad Airways kompaniyasi o‘tgan fevral oyi yakunlariga ko‘ra jamoaning eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi.
Kompaniya rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb 22 yoshli ukrainalik futbolchi Aleksandr Zinchenko topilgan.
Ma’lumot uchun, Zinchenko o‘tgan oy “shaharliklar” safida jami 4ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar