Zidan supertarkibga bosh murabbiylik qilishga ko‘ndi
“Real”ni ikki marotaba boshqarganidan keyin bir necha yil davomida ishsiz yurgan Zinedin Zidan yana futbolga qaytadigan bo‘ldi.
El Nacional nashrining yozishicha, Zinedin Zidan bir paytlar o‘zi porlagan Frantsiya terma jamoasida bosh murabbiy lavozimini egallashga ko‘ndi.
Manbaga ko‘ra, Frantsiya futbol federatsiyasi mashhur yulduz bilan hamkorlik borasida kelishuvga erishgani ma’lum bo‘ldi.
Frantsiya terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Dide Desham 2026 yili AQSh, Meksika va Kanadada bo‘ladigan jahon chempionatidan keyin boshqaruvni topshirishi kelishilgan. Uning o‘rnini endi Zidan egallaydi.
Zinedin Zidan “Real”da ketma-ket uch marta Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, ikki bor jamoani Ispaniya chempioniga aylantirgan. 2021 yili Madridni tark etgan mutaxassis o‘ziga bo‘lgan barcha takliflarni rad etib kelmoqda.
Zidan keyingi yillarda kelajakdagi maqsadi Frantsiya terma jamoasini boshqarish ekanini ochiq-oydin ta’kidlab keladi.



Fikrlar