
Zidan: Men unga "Oltin to‘p"ni bergan bo‘lardim
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Qirollik klubi”ning frantsiyalik hujumchisi Karim Benzemani bu yilgi “Oltin to‘p”ga munosib nomzod sifatida tilga oldi.
"Benzema bu yil "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga munosib. U aqlbovar qilmas futbolchi, unga murabbiylik qilish katta sharaf edi. U maydonda hamma narsani qilishni biladi.
Karim boshqalardan bir bosh ustun va umid qilamanki, u "Oltin to‘p"ni oladi. Men unga "Oltin to‘p"ni bergan bo‘lar edim", - dedi Zidan Téléfoot nashriga bergan intervyusida.
"Oltin to‘p" mukofotini tantanali topshirish marosimi 29 noyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar