
Zidan kabi qaytayotgan Kanchelskis yoxud "Navbahor" muxlislari Andreyni kutishmoqda
Bir necha kundan beri "Navbahor"ni kim boshqarishi bilan bog‘liq muhokamalar kun mavzusiga aylandi. Jamoaning oxirgi paytdagi natijalari sabab Deyan Jurjevichga chiqish eshiklari ko‘rsatilgan. Endi uning o‘rnini Namangandan ketganiga 2 oy bo‘lib bo‘lmagan Anrdey Kanchelskis egallashi oydinlashdi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, namanganlik ishqibozlar stadion yaqinida sevimli murabbiyiga aylangan rossiyalik mutaxassisni kutishmoqda. Bu holat aks etgan fotoga taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov telegramdagi o‘zining sahifasida quyidagi fikrni yozib qoldirdi.
- Namanganlik ishqibozlar Kanchelskisni shu tahlit kutishyapti. Murabbiy Namanganga Zidan kabi qaytyapti o‘ziyam, - deya yozgan Xayrulla Hamidov.
Bugun murabbiy Namanganga kelib, klub rahbarlari bilan muzokara o‘tkazadi va katta ehtimol bilan shartnoma imzolaydi.
Fikrlar