
Zidan eng yomon xabar qanaqa bo‘lishini aytdi
“Real” ustozi Zinedin Zidan murabbiy uchun eng yomon xabar qanday bo‘lishi haqida gapirdi.
- Futbolchilarimizning o‘z mamlakatlari terma jamoalarida jarohat olganini ko‘rish alam qiladi. Har qanday o‘yinchining shikastlanishi ko‘ngilsiz holat hisoblanadi. Lekin hayot va kurash davom etadi. Biz Ramos keyingi uchrashuvda yordam bera olmasligini tushunamiz. O‘rniga Varan o‘ynaydi. Shogirding jarohat olganini eshitish har qanday murabbiy uchun eng yomon xabardir, - deydi Zidan.
“Real” bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da “Vilyarreal” mehmoni bo‘ladi.
Fikrlar