
"Zenit"ni engan "Lokomotiv" Rossiya Superkubogini qo‘lga kiritdi
Hozirgina Moskvadagi “VTB-Arena”da “Zenit” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi Rossiya Superkubogi uchrashuvi yakunlandi.
Unda “temiryo‘lchilar” ajoyib kambek evaziga 2:3 hisobida g‘alaba qozonishdi.
“Zenit” – “Lokomotiv” 2:3
6 iyul, 21.00, «VTB-Arena»
Gollar: 0:1 – 6 Smolov, 1:1 – 45 Azmun, 2:1 – 52 Azmun, 2:2 – 78 Miranchuk, 2:3 – 81 Miranchuk.
“Zenit” – Lunev, Rakitskiy, Ivanovich, Smolnikov, Jirkov, Ozdoev, Noboa (Eroxin, 46), Rigoni (Mak, 86), Dzyuba, Azmun (Djordjevich, 77), Driussi.
“Lokomotiv” – Gilerme, Serkeyra, Jivoglyadov (Idovu, 84), Chorluka, Rybus, Miranchuk, Barinov, Kryxovyak, Miranchuk, Jemaletdinov (Eder, 67), Smolov.
Ogohlantirishlar: Jivoglyadov (19), Smolnikov (51), Ozdoev (68).
Chetlatish: Ozdoev (90).
Fikrlar