
Zaxiraga "mixlanib" qolgan Garsiya o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi
"Barselona"da ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Erik Garsiya pozitsiyasini o‘zgartirdi. Endilikda, u tayanch yarim himoyasida harakat qiladi, deya xabar bermoqda insayder Ruben Uria. Xavi uni "Elche"ga qarshi o‘yinda himoyada emas, balki, oldinroqda o‘ynatdi. Natija esa murabbiyga ma’qul.
Garsiya ushbu mavsum "Barsa" Kristensen, Kunde va Alonsolarni o‘z tarkibiga qo‘shib olganidan keyin zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. Ushbu qaror kataloniyaliklarga ham foydaga ishlaydi. Sababi, klub Busketsga o‘rinbosar qidirayotgandi.
Ma’lumot uchun, Erik oldin ham yarim himoyada harakatlangan. Gvardiola "Manchester Siti"da himoyadagi muammolar sabab uni fulbek sifatida o‘ynatgandi.
Fikrlar