
Zabittser "Manchester Yunayted"da qachon debyut qilishi ma’lum
"Manchester Yunayted"ning "Bavariya"dan xarid qilgan yarim himoyachisi Marsel Zabittserning debyut uchrashuvini qachon o‘tkazishi aniq bo‘ldi.
Avstriyalik futbolchi mankunialiklar safida ertaga, shanba kuni Angliya premer-ligasining 21-turidan o‘rin olgan "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinida debyut qiladi. Bu haqda "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Xag ma’lum qildi.
"Zabittser "Kristal Pelas"ga qarshi o‘ynaydimi? Ha. U bor-yo‘g‘i bitta mashg‘ulot o‘tkazdi, lekin biz uning juda yaxshi futbolchi ekanini allaqachon ko‘rganmiz, bilamiz. Men bunga shubha qilmayman, chunki u "Bavariya"dan kelgan.
Nemis klublarida jismoniy tayyorgarlik doimo yuqori turadi, shuning uchun u o‘ynashga tayyor, deb o‘ylayman. U o‘z ishini qanday bajarishni biladigan juda aqlli futbolchi", — dedi Ten Xag jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi Myunxen klubidan "Manchester Yunayted" klubiga ijara asosida kelib qo‘shildi.
Fikrlar