
"Yuventus"ning murabbiy bo‘yicha tanlovi ma’lum
“Yuventus” amaldagi murabbiy Allegrini ishdan olishi mumkin. Uning o‘rniga klub Antonio Konteni orqaga qaytarmoqchi. Bu haqida “La Gazzeta dello Sport” nashri xabar bermoqda. Ammo italiyalik mutaxassisni jamoaga olib kelish oson bo‘lmaydi.
Manbaning ta’kidlashicha, “keksa senora” Kontening qaytishiga ikkita katta transferni amalga oshiradi. Bular “Inter” himoyachisi Bastoni va “Latsio” yarim himoyachisi Milinkovich-Savich.
Murabbiy Turin klubida 3 yil (2011-2014) ishlagan. Uning qo‘l ostidagi “Tottenxem” ushbu mavsum barcha chempionatlarda 18 ta o‘yinda 10 g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 4 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar