
"Yuventus"ning asosiy himoyachisi uzoq muddatga safdan chiqdi
"Yuventus" himoyachisi Matteys de Ligt elkasidagi jarohati tufayli 3 oygacha maydonga tusholmasligi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
“Men elkamni operatsiya qildirishim kerak. Hozir bor e’tiborim shunda”, - deydi gollandiyalik futbolchi.
Endi de Ligt noyabr oyigacha “keksa sinora”ga yordam berolmaydi. U o‘tgan mavsum “Yuventus” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar