
"Yuventus"ning asosiy futbolchilaridan biri noma’lum muddatga safdan chiqdi
"Yuventus" klubi yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur kecha “Latsio”ga (3:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan va 1-bo‘limning o‘zida zaxiraga olingan edi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli urugvaylik futbolchi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Unga ko‘ra Bentankur o‘ng tizzasidan jarohat olgan. Shifokorlar esa uning qachon sog‘ayishini aniq aytishmayapti.
Ma’lumot uchun, Bentankur joriy mavsum A Seriyada 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar