
"Yuventus"ning asosiy futbolchilaridan biri 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur diskvalifikatsiya sabab 3 ta o‘yinda jamoasiga yordam berolmaydi.
ANSA nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli urugvaylik futbolchi "Latsio"ga (1:3) qarshi bo‘lib o‘tgan Italiya Superkubogi bellashuvida hakam tomonidan maydondan chetlatilgan. Buning uchun u 1 ta o‘yin o‘tkazib yuboradi. Biroq, maydondan chiqib ketish jarayonida yordamchi hakamni haqorat qilgani uchun Bentankur yana 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Shu tariqa u "Kalyari", "Roma" va "Parma"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, Bentantkur joriy mavsum “Yuventus” safida A Seriyada 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar