
"Yuventus"dan bo‘shagan Pirlo APL klubini boshqarishi mumkin
Yaqinda “Yuventus” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan Andrea Pirlo faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
The Sun nashrining xabar berishicha, italiyalik mutaxassisga “Everton” qiziqib qolgan. Karlo Anchelotti “Real”ga ketgach, “irischilar” undan bo‘shagan joyga munosib nomzod qidirishmoqda va ular orasida aynan Pirlo nomzodi ham bor.
Bundan avvalroq “Everton” portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santu hamda shotlandiyalik mutaxassis Devid Moyes bilan ham muzokaralar o‘tkazayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Pirlo boshqaruvidagi “Yuventus” o‘tgan mavsum muvaffaqiyatsizlikka uchradi. “Keksa sinora” A Seriyani 4-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, UEFA Chempionlar ligasida 1/8 finaldayoq to‘xtadi.
Fikrlar