“Yuventus” zo‘r hujumchi topdi

  • 25 avgust, 2022, 12:55
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" "Marsel" hujumchisi Arkadiush Milikni sotib olishga yaqin turibdi.

Tecno

“Byankonerilar” Alvaro Morata ketganidan keyin jamoaga yangi hujumchi olib kelishni istamoqda. So‘nggi bir necha hafta ichida ularning asosiy maqsadi "Barselona" hujumchisi Memfis Depay bo‘ldi, ammo niderlandiyalik forvardning talablari ortib borayotgani bois "Yuventus" boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqishga qaror qildi. "Marsel" Milikni sotib olish optsiyasi bilan "Yuventus"ga ijaraga berishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi “Corriere dello Sport”. Futbolchining ijarasi Turin klubiga 2 million evroga tushadi. Keyinchalik “Yuventus” polyakning shartnomasini 8 million evroga sotib olishi mumkin. 28 yoshli Milikning Turin klubidagi maoshi 3,5 million evroni tashkil qiladi.

Milik "Marsel"ga 2021 yilning yanvarida "Napoli"dan kelib qo‘shilgan edi. U frantsuz klubi safida 55 o‘yinda 30 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!