
"Yuventus" yarim himoyachisi operatsiya qilinadi
Germaniya terma jamoasi va "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Sami Xedira chap tizzasidan operatsiya qilinadi.
Klub shifokorlari 32 yoshli futbolchi bir necha kun davomida noqulaylik sezganidan so‘ng unga operatsiya qilish taklifini berishgan. Uning artroskopik tozalash jarayoni Germaniyada joylashgan klinikalardan birida amalga oshiriladi.
Xavbekning maydonga qachon qaytishi haqida ma’lumot berilmagan. Joriy mavsumda Xedira 17 o‘yinda maydonga tushib bitta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar