
"Yuventus" tajribali futbolchi bilan shartnomani bekor qilmoqchi
"Yuventus" yarim himoyachisi Sami Xedira yozda jamoani ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, "keksa sinora" rahbariyati jarohat sabab kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan xavbek bilan shartnomani bekor qilish niyatida.
Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2021 yil yozida yakuniga etadi. Turinliklar yillik maoshi 6 million evroni tashkil qiladigan 33 yoshli futbolchini mavsum so‘ngida erkin agentga aylantirmoqchi.
Joriy mavsumda Xedira klub miqyosida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar