"Yuventus" "Real" yarim himoyachisini sotib olmoqchi

  • 26 dekabr, 2023, 18:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Huquqlari "Real"ga tegishli bo‘lgan yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirish mumkin. Bu haqda "Tribal Football" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Turinning "Yuventus" klubi germaniyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Keksa sinyora" rahbariyati yanvar oyidagi transfer oynasida kelishuvni yakunlashni rejalashtirmoqda. Kroosning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida tuzilgan. Uning transfer narxi 14 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda 33 yoshli futbolchi 18 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 6 golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!