"Yuventus" "Real" himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Madridning "Real" klubi qanot himoyachisi Fran Garsiya Ispaniya chempionatidan Italiya A Seriyasiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchini o‘z safida "Yuventus" ko‘rishni xohlamoqda. Turinliklar 25 yoshli himoyachini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish yoki 20–25 million evroga to‘liq transfer qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
O‘tgan mavsumda Ispaniya La Ligasida Garsiya 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. "Qirollik klubi" bilan uning shartnomasi 2027 yil iyun oxirigacha tuzilgan, hozirgi transfer narxi esa 18 million evroga baholanmoqda.



Fikrlar