"Yuventus" "Real" futbolchisini olishdan bosh tortdi

  • 18 sentabr, 18:37
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi hujumchi Endrikni "Yuventus"ga ijaraga berish bo‘yicha taklif yuborgan.

Tecno

Taniqli insayder Matteo Moretto bergan ma’lumotlarga qaraganda, "qirollik klubi" braziliyalik strayker doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini istamoqda. Madrid klubi forvardni Italiyaning "Yuventus" klubiga taklif qildi. Biroq klub ushbu taklifni qat’iy tarzda rad etdi. Futbolchi hozirda son qismidan olingan jarohati sabab maydonga tusha olmayapti.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda "qaymoqranglilar" safida umumiy 22 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!