
"Yuventus" "rasprodaja" e’lon qildi
"Yuventus" rahbariyati jamoa tarkibini yangilash variantini ko‘rib chiqmoqda.
"La Gazzetta dello Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, turinliklar safini 5 nafar futbolchi tark etishi kutilyapti. Bular - Aleks Sandro, Xuan Kuadrado, Ardier Rabo, Ueston MakKenni hamda Leandro Paredes.
Manbaning ta’kidlashicha, "keksa senora" ushbu o‘yinchilar bilan xayrlashsa, keyingina yangi futbolchi xarid qilishi mumkin.
"Yuve" Italiya A Seriyasi 18-turidan keyin 37 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi pog‘onada bormoqda. Allegri shogirdlari peshqadam "Napoli"dan 13 ochko ortda boryapti.
Fikrlar