"Yuventus" rahbariyati va Dibalaning orasiga sovuqchilik tushdi. Bunga sabab nima?

  • 3 aprel, 2021, 09:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala va klub rahbariyati o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushdi. Bu haqda Calciomercato.com nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Bunga futbolchining yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda faollik ko‘rsatmayotgani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, argentinalik futbolchining so‘nggi paytlarda ko‘rsatayotgan o‘yin saviyasi talab qilayotgan maoshiga to‘g‘ri kelmaydi.

"Keksa sinora" rahbariyati Dibala klubni erkin agent sifatida tekinga tark etmoqchi, deb o‘ylamoqda, ammo ular bunday holat sodir bo‘lmasligi uchun qo‘ldan kelgan barcha ishlarni amalga oshirishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli Dibalaning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda o‘z yakuniga etadi. Turinliklar esa ushbu shartnomani uzaytirish uchun unga bonuslar bilan birga yiliga 10 mln evro maosh taklif qilmoqda. Lekin Paulo bunga rozi bo‘lmayapti.

Dibala joriy 2020/2021 yilgi mavsumda A Seriyada jami 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U jarohati sabab 10 yanvardan buyon maydonga tushmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!