
“Yuventus” rahbariyati “Bavariya”ga g‘alati taklif tayyorlayapti
“Yuventus” rahbariyati yozda tarkibni yangilashga qaror qilgan. Turinliklar keyingi paytda o‘zlariga kerak bo‘lgan o‘yinchilarni jamoadan ketadigan futbolchilarga almashtirish usulini o‘zlashtirib oldi.
Endi turinliklar “Bavariya” yarim himoyachisi Leon Goretskaga ko‘z tikmoqda. Uni qo‘lga kiritish uchun “Yuventus” yozda Myunxenga urugvaylik yarim himoyachisi Rodrigo Bentankurni jo‘natmoqchi. Bu rokirovga myunxenliklar hali munosabat bildirmadi.
“Yuventus” Aleks Sandroni “Chelsi” himoyachisi Emerson yoki PSJ vakili Leandro Paredesga, Adrien Raboni “Chelsi” yarim himoyachisi Jorjino yoki “Mancheste Yunayted” o‘yinchisi Donni van de Bekka almashtirishni rejalashtirgan.
Fikrlar