"Yuventus" Raboga 7 million evro maosh taklif qilmoqda

  • 20 iyun, 2019, 22:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi yarim himoyachisi Adrien Rabo hozircha o‘zining shaxsiy shartnoma bo‘yicha talabini o‘zgartirgani yo‘q.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 24 yoshli frantsiyalik futbolchi 5 yillik shartnoma va yiliga 10 mln evro maosh xohlamoqda. Bundan tashqari, futbolchining onasi va bir vaqtning o‘zida agenti hisoblangan Veronika esa uning bo‘lajak transferidan 10 million evro xizmat haqi olmoqchi.

Unga hozircha eng yaxshi taklifni “Yuventus” bildirmoqda. Turinliklar Raboga yiliga 7 mln evro maosh va 5 yillik shartnoma taklif qilishmoqda. Bundan tashqari bonuslar ham bor.

Eslatib o‘tamiz, Rabo oy oxirigacha parijliklar bilan shartnomasini uzaytirmasa, erkin agentga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!