
"Yuventus" "Latsio" futbolchisi bilan kelishuvga erishdi
Jurnalist Janluka Di Martsio tarqatgan xabarga ko‘ra, "byankoneri"lar serbiyalik futbolchi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Endi "keksa sinora" "Latsio" bilan ham kelisha olsa bo‘lgani. "Burgutlar" Sergey uchun katta pul so‘rashmoqda va bu borada "Yuventus" rahbariyatiga oson bo‘lmasligi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli yarim himoyachi joriy yilgi mavsumda A Seriyada 31 bahsda ishtirok etdi va 5 ta to‘p kiritib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar