
"Yuventus" Kopmeynersni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi "Atalanta"dan yarim himoyachi Tyon Kopmeynersning transferini hal qilish yo‘lini qidirmoqda. "Atalanta" niderlandiyalik yarim himoyachi uchun 60 million evro tovon puli talab qilmoqda.
"Tuttosport" nashri xabariga ko‘ra, "keksa sinora" 45 million evro va hujumchi Arkadiush Milikni ham shartnomaga qo‘shmoqchi. Janluka Skamakka tizzasidan jarohat olib 5-6 oyga safdan chiqqanidan so‘ng "Atalanta" yangi hujumchiga olishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda 26 yoshli Tyon Italiya A Seriyasida 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar